SMS-xabarlar tizimda talabgorning id.egov.uz (OneID) tizimiga biriktirilgan mobil telefon raqamiga yuboriladi. SMS-xabarlar avtomatik tarzda arizani har bir ko‘rib chiqish bosqichlarida (ariza bo‘yicha xulosa berilganda) talabgor mobil telefon raqamiga yuboriladi.
Talabgor yer maydonlari maʼlumotlari "Crop Agro" axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi. Yer maydoni maʼlumotlarida tafovut mavjud bo‘lgan taqdirda "Crop Agro" axborot tizimidagi maʼlumotlarga o‘zgartirish kiritish talab etiladi.
Arizalar ko‘rib chiqilishi holatini bevosita shaxsiy kabinetingiz orqali yoki shaxsiy kabinetingizga kirmasdan tizim bosh sahifasida “Ariza holatini tekshirish” tugmasini bosish orqali bilishingiz mumkin.
“Agrosubsidiya” axborot tizimida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza yuborish mumkin:
- paxta xom ashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash;
- donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari, ozuqabop, moyli va dukkakli ekinlar hamda dorivor o‘simliklar uchun joriy etilgan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash;
- yangi intensiv bog‘ va tokzorlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash;
- chorvachilik;
- ipakchilik va jun sanoati;
- suv taʼminoti og‘ir hududlarda aholi tomorqa yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.
buning uchun OneID tizimida shaxsiy sahifangizda “Tasdiqlash” bo‘limida yuridik shaxs ERI kaliti biriktirilgan bo‘lishi lozim. Shundan keyin avtorizatsiyadan o‘tish jarayonida “ERI yordamida” tugmasi orqali kirish mumkin.
Elektron hujjatdagi axborotni tasdiqlash va egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan maxsus elektron raqamli imzo.
OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti
(ID-karta) yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bo‘lishi lozim.
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil maʼlumotni https://id.egov.uz/help havolasi orqali olishingiz mumkin.
“Agrosubsidiya” axborot tizimida shaxsiy kabinetga OneID (id.egov.uz) tizimida avtorizatsiyadan o‘tish orqali kirish mumkin. Agar OneID tizimida avval ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, ro‘yxatdan o‘tish lozim bo‘ladi.