Platforma haqida
07.01.2022 | 00:00
18590

“Agrosubsidiya” Axborot tizimi (AT) Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish uchun mo‘ljallangan.

“Agrosubsidiya” AT O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

“Agrosubsidiya” ATda talabgorlar arizalarining yagona maʼlumotlar bazasini yaratish, ishchi guruhlar xulosalari va talabgorlar arizalari shakllarini elektron shaklda rasmiylashtirish va qog‘oz ko‘rinishida hujjat almashinuvini bekor qilish, subsidiya ajratish jarayonlarini monitoring qilish, qishloq xo‘jaligi sohasida taqdim etilayotgan subsidiyalar to‘g‘risida ochiq va shaffof statistik maʼlumotlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

Tizim foydalanuvchilar uchun quyidagi afzalliklar yaratilgan:

-   Fermerlarga arizalarni topshirish uchun yagona va qulay vosita;

-   Vakolatli organlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqishi uchun qulay platforma;

-   Yuqori turuvchi tashiklotlar uchun qulay yagona statistik maʼlumotlar manbai hamda monitoring qilish vositasi;

-   Manzilli ro‘yxatga kirish uchun arizani tuman ishchi guruhiga elektron tarzda yuborish;

-   Shaxsiy kabinetingiz orqali yoki tizimda yuborilgan ariza raqami (identifikatsiya raqami) orqali ariza ko‘rib chiqilishi maqomini kuzatish;

-   Subsidiya ajratish uchun arizani elektron tarzda yuborish;

-   Subsidiya o‘tkazib berilishi jarayonlarini shaxsiy kabinetingiz orqali monitoring qilish;

-   Har bir yuborilgan ariza ko‘rib chiqilishi haqida xabarnoma ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga yuboriladi;

-   Arizalar ishchi guruhlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan taqdirda masʼul tashkilotlarga elektron tarzda eʼtiroz yuborish;

-   Arizadagi maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash.

“Agrosubsidiya” AT orqali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha subsidiya ajratish uchun murojaat etilishi mumkin:

-          paxta xom ashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash;

-         donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari, ozuqabop, moyli va dukkakli ekinlar hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga sarflangan harajatlarning bir qismini qoplash;

-          yangi intensiv bog‘ va tokzorlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan harajatlarning bir qismini qoplash;

-       suv taʼminoti og‘ir hududlarda aholi tomorqa yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.