Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 6-uy
Bog‘lanish : Devonxona: 71 244-46-25, 71 244-02-23
Ish vaqti: Dushanba-Juma, 9:00-18:00
E-mail: garden@agro.uz
Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba

Yuridik shaxslar

20 ish kuni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 iyundagi “Uzumchilik, bog‘dorchilik, issiqxona xo‘jaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 327-son qarori

Burg‘ulangan quduq uchun:
- Quduq uchun loyiha smeta hujjatlari;
- Quduq uchun pudrat tashkilot bilan tuzilgan shartnoma (dalolatnoma, hisob-faktura);
- Burg‘ilangan quduq balansga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurish:
- Nasos stansiyasi uchun loyiha smeta hujjatlari;
- Nasos stansiyasi uchun pudrat tashkilot bilan tuzilgan shartnoma
(dalolatnoma, hisob-faktura); - Nasos stansiyasi balansga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
- Loyiha to‘g‘risida maʼlumotnoma;
- Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi/Suv xo‘jaligi vazirligining dalolatnomasi
Tuproq unumdorligi to'g'risida ma'lumot