Vazirlar Mahkamasining 10.07.2024 yildagi 410-son va 01.08.2024 yildagi 476-son qarorlariga muvofiq “Agrosubsidiya” AT orqali issiqxona xo‘jaliklari hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ariza yuborish imkoniyati yaratildi. Endilikda,
- issiqxona xo‘jaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi;
- oziq-ovqat korxonalariga xorijiy mutaxassisga to‘langan ish haqining 30 foizi, biroq bir oyga har bir xorijiy mutaxassis uchun respublikada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
Mazkur subsidiyalar Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Subsidiya olish uchun arizalar dastlab tuman ishchi guruhlari hamda Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Issiqxona xo‘jaliklariga subsidiya xizmatidan foydalanish uchun havola: https://old.agrosubsidiya.uz/uz/service/view/83
Oziq-ovqat korxonalariga subsidiya xizmatidan foydalanish uchun havola: https://old.agrosubsidiya.uz/uz/service/view/84