“Agrosubsidiya” yagona axborot tizimi bo‘yicha o‘qitish ishlari
11.04.2022 | 08:48
1726
“Agrosubsidiya” yagona axborot tizimi bo‘yicha hududlarda o‘qitish ishlari boshlandi
“Agrosubsidiya” yagona axborot tizimi bo‘yicha o‘qitish ishlari

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi tomonidan Xorazm viloyatining Urganch, Xonqa, Qo‘shko‘pir, Yangibozor, Xazorasp, Bog‘ot va boshqa tumanlarida “Agrosubsidiya” axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha treninglar tashkil etildi. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan mazkur tizim fermer va dehqon xo‘jaliklariga davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalarni ortiqcha ovoragarchiliksiz va shaffoflik tamoyillari asosida olish imkoniyatini yaratadi.

Endi qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq subsidiyalarni vakolatli davlat organlaridan olish uchun arizalarni elektron tarzda agrosubsidiya.uz yagona axborot tizimi orqali yuborish imkoniyatiga ega.

Treninglarda  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari hamda subsidiya ajratish bo‘yicha masʼul ishchi guruh vakillari qatnashdi. Tadbir doirasida  3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yillik muddatga lizing sharti asosida yillik 2,5 foiz stavkada beriladigan “BAUER” (Avstriya) zamonaviy yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu qurilmalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 iyuldagi 441-son “Qishloq ho‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilan shartlar asosida taqdim etiladi.

Uskunalar bo‘yicha batafsil maʼlumot olish uchun telefonlar:

(+998) 71-206-72-19,

(+998) 90-966-71-55.

Taʼkidlash kerakki, bunday seminar-treninglar respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: “Agrosubsidiya” axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PQ-144-son “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishdagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish, suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi tomonidan Xorazm viloyatining Urganch, Xonqa, Qo‘shko‘pir, Yangibozor, Xazorasp, Bog‘ot va boshqa tumanlarida “Agrosubsidiya” axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha treninglar tashkil etildi. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan mazkur tizim fermer va dehqon xo‘jaliklariga davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalarni ortiqcha ovoragarchiliksiz va shaffoflik tamoyillari asosida olish imkoniyatini yaratadi.

Endi qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq subsidiyalarni vakolatli davlat organlaridan olish uchun arizalarni elektron tarzda agrosubsidiya.uz yagona axborot tizimi orqali yuborish imkoniyatiga ega.

Treninglarda  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari hamda subsidiya ajratish bo‘yicha masʼul ishchi guruh vakillari qatnashdi. Tadbir doirasida  3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yillik muddatga lizing sharti asosida yillik 2,5 foiz stavkada beriladigan “BAUER” (Avstriya) zamonaviy yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu qurilmalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 iyuldagi 441-son “Qishloq ho‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilan shartlar asosida taqdim etiladi.

Uskunalar bo‘yicha batafsil maʼlumot olish uchun telefonlar:

(+998) 71-206-72-19,

(+998) 90-966-71-55.

Taʼkidlash kerakki, bunday seminar-treninglar respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: “Agrosubsidiya” axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PQ-144-son “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishdagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish, suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan.