O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishchi guruh bilan Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi
Avvalo viloyatda dala maydonlarida kartoshka ekish jarayoni ko‘zdan kechirildi hamda ushbu ekin urug‘larining sifati tahlil qilindi. G‘allaorol tumanida Oltin boshoq SIU, Oqtom SIU hududidagi fermer xo‘jaliklarida kartoshka hamda sariq sabzi ekish ishlari bilan tanishilib, ekinlar agrotexnikasi bo‘yicha o‘tkazilishi muhim bo‘lgan tadbirlar yuzasidan tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi. Qolaversa, ushbu tumandagi “Muzbel agroklaster” MCHJda tok ko‘chatlarini ekish jarayoni o‘rganildi.
Vazir Jamshid Xodjayev Zarbdor tumanidagi “Ko‘xna sayqal” fermer xo‘jaligida 10 gektar maydonga ekilgan kartoshka dalasida bo‘lib, ishchilar chopiq qilayotgan jarayonda ular bilan suhbatlashdi. Yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘rab, kartoshka mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarda muhim mahsulotlardan biri ekanligini taʼkidlab o‘tdi.
Ishchi guruh viloyatning Sharof Rashidov tumaniga o‘tar ekan, diqqatni soya ekilgan maydonlarga qaratdi. Xususan, ushbu tumanda Mirzo Ulug‘bek SIU xududidagi “Hayrabodlik Azizjon” va “Xayrabodlik Sunnatullo” fermer xo‘jaliklarining ochiq maydon hamda g‘o‘za qator oralariga ekilgan soya dalalari ko‘zdan kechirilib, ushbu ekinning afzalliklari hamda fermer xo‘jaligiga beradigan iqtisodiy samarasi tushintirildi, soyani parvarishlash jarayoni haqida tavsiyalar berildi. Xuddi shunday soya maydonlari Zomin va Zarbdor tumanlarida ham o‘rganildi.
Qishloq xo'jaligi vaziri ishchi guruh bilan Jizzaxda
09.04.2022
|
16:08
1632
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishchi guruh bilan Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi