DIQQAT, E'LON!
30.11.2022
|
17:54
993
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari hamda tuman va hududiy ishchi guruh aʼzolari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 23 fevraldagi 95-son qaroriga muvofiq joriy yilning 1-dekabr sanasidan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilganlik uchun subsidiyaga ariza yuborish to‘xtatiladi.
Mazkur qaror 1-ilovasi 21-bandiga muvofiq hududiy ishchi guruhlardan Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligiga arizalar kelib tushishi to‘xtatiladi. Lekin bunda tuman va hududiy ishchi guruh aʼzolari 1-dekabrgacha kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqishlari mumkin bo‘ladi.