O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 1 apreldagi PQ–107-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023 yil avgustgacha 2022 yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan hamda subsidiya mablag‘larining 50 foizini olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga tizimlarning ishlatilishiga qarab belgilangan subsidiya miqdorining qolgan 50 foizi tuman ishchi guruhi xulosasi asosida ajratiladi.
Shuningdek, mazkur Qaror bilan Prezidentning va Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi «Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-144-son qarorida subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari tizim joriy etilgan ekin maydonining har bir gektari uchun quyidagicha belgilandi:
ming so‘m
Suvni tejaydigan sug‘orish tizimi turi |
Paxta |
Don ekinlari |
Sabzavot ekinlari va kartoshka |
Sabzavot ekinlari va kartoshka |
Ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar |
Mevali ekinlar |
Uzum |
Tomchilatib sug‘orish |
8 000* |
х |
8 000 |
1 300 |
2 500*** |
6 000 |
8 000 |
Keng qamrovli va mobil sug‘orish tizimi |
х |
8 000** |
8 000 |
х |
2 500*** |
х |
х |
“Sprinkler” tizimi |
х |
8 000** |
8 000 |
х |
2 000*** |
х |
х |
Diskretli sug‘orish |
4 000 |
х |
х |
х |
х |
х |
х |
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 fevraldagi «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 95-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq Suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinganligi uchun subsidiya ajratish jarayonidan arizalarni hududiy ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilish bosqichi chiqarib tashlandi. Endilikda ushbu arizalar tuman ishchi guruhi va subsidiya ajratuvchi masʼul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.