Issiqxonlarda ko‘mir qozoni xaridi xarajatlari qoplanadi
18.09.2024 | 17:39
261
Vazirlar Mahkamasining “Issiqxona xo‘jaliklariga issiqxonalarni ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024 yil 9 iyuldagi 400-son qaroriga muvofiq “Agrosubsidiya” ATda yangi subsidiya xizmati ishga tushirildi.
Issiqxonlarda ko‘mir qozoni xaridi xarajatlari qoplanadi

Vazirlar Mahkamasining “Issiqxona xo‘jaliklariga issiqxonalarni ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024 yil 9 iyuldagi 400-son qaroriga muvofiq “Agrosubsidiya” ATda “Ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash” uchun subsidiyaga ariza yuborish imkoniyati yaratildi.

Issiqxona xo‘jaliklariga issiqxonalarni ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilingan ko‘mir qozoni xarajatlarining 20 foizigacha, biroq 80 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Subsidiya summasi tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reyting darajasidan kelib chiqib belgilanadi:

“AAA” toifa — subsidiya miqdorning 100 foizi;

“AA” toifa — subsidiya miqdorning 90 foizi;

“A” toifa — subsidiya miqdorning 80 foizi;

“VVV” toifa — subsidiya miqdorning 70 foizi;

“VV” toifa — subsidiya miqdorning 60 foizi;

“V” toifa — subsidiya miqdorning 50 foizi.

Xizmatga havola: https://old.agrosubsidiya.uz/uz/service/view/82