Subsidiya xizmatlari soni kengaymoqda
14.09.2022 | 12:09
1172
Subsidiya xizmatlari soni kengaymoqda
Subsidiya xizmatlari soni kengaymoqda

Endilikda “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga:

-        oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash;

-        oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish;

-        oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq harajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyaga ariza qoldirish imkoniyati yaratildi.

Mazkur xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 yanvardagi “Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yana-da qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 37-son qaroriga muvofiq joriy qilindi.

Bunda subsidiyalash jarayoni tashabbuskorlarning loyihalari bo‘yicha 2020 yil 10 sentyabrdan so‘ng amalga oshirgan tegishli xarajatlarini qoplashga nisbatan tatbiq etiladi.

Infratuzilmani tashkil etish bo‘yicha xarajatlar, tashkilotning yangi loyihalarini ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradigan, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini (ichimlik suv, oqova suv tarmoqlari, tabiiy gaz va elektr energiyasi) tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari qoplab beriladi.

Texnik-iqtisodiy asoslanish — yangi loyihaning umumiy eng ko‘p miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini ko‘rib chiqilgan, moliyalashtirishning dastlabki shartlari hisobga olingan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni o‘rganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi, shuningdek, mahsulotga brend jalb qilish bo‘yicha loyiha hujjati bo‘lishi kerak.

Xorijiy ekspert — oliy maʼlumotli, portfolio hamda oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimida kamida besh yil ish tajribasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi bo‘lishi kerak.

Mazkur subsidiya har bir loyiha doirasida:

  1. a) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi miqdorida, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  2. b) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  3. c) oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

hammasi bo‘lib 250 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorgacha ajratilishi mumkin.