Qorako‘lchilik bo‘yicha subsidiyalash xizmatlari joriy qilindi
06.12.2023 | 10:04
469
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 iyuldagi 368-son qaroriga muvofiq “Agrosubsidiya” axborot tizimida qorako‘lchilik bo‘yicha yangi subsidiyalash xizmatlari joriy qilindi
Qorako‘lchilik bo‘yicha subsidiyalash xizmatlari joriy qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 iyuldagi “Chorvachilik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 368-son qaroriga muvofiq “Agrosubsidiya” axborot tizimida yangi subsidiyalash xizmatlari joriy qilindi.

  • Qorako‘lchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri uchun subsidiyaga ariza yuborish imkoni yaratildi. Bunda respublika byudjetidan quyidagi miqdorda bir martalik subsidiya beriladi:

  • - qorako‘lchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan har bir dona qorako‘l teri uchun 50 ming so‘mdan;

  • - qorako‘lchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan har bir dona qorako‘lcha teri uchun 75 ming so‘mdan.

  • Shuningdek, qorako‘lchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlar uchun subsidiyaga ariza yuborish mumkin bo‘ladi. Bunda yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirgan qorako‘lchilik klasterlariga har moliya yilida keyingi moliya yiliga qadar Respublika byudjetidan 120 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya beriladi.

Mazkur xizmatlar bo‘yicha arizalar Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Qorako‘l va qorako‘lcha teri eksporti uchun subsidiya olishga havola: https://old.agrosubsidiya.uz/uz/service/view/72

Yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya olishga havola: https://old.agrosubsidiya.uz/uz/service/view/71