Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024 yil 20 fevraldagi 97-son qaroriga muvofiq “Agrosubsidiya” ATda “Respublikaning 13 ta tumanidagi yerdan foydalanuvchilarga paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya” olish uchun ariza yuborish imkoniyati yaratildi.
Ariza dastlab Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli hududiy bo‘linmasi, so‘ngra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari , Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Yerdan foydalanuvchilar subsidiya olish uchun 2024 yil 1 iyulga qadar “Agrosubsidiya” AT orqali murojaat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyaning dastlabki 70 foizini 2024 yil 20 sentyabrga qadar quyidagi taqsimotga ko‘ra tashkilotlarning hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi:
60 foizini — yerdan foydalanuvchilarga;
5 foizini — Paxtachilik kengashiga;
4 foizini — Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga;
1 foizini — «Agrosanoatni rivojlantirish markazi» MCHJga.
Bunda yerdan foydalanuvchilar uchun undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlar ochiladi. subsidiyaning qolgan 30 foizi 2025 yil 20 dekabrga qadar yerdan foydalanuvchilarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Xizmаtga havola: https://old.agrosubsidiya.uz/uz/service/view/76